среда, 20 марта 2013 г.

“YAKUNIYSHUNOSLIK” FANI


Yurtimiz Oliy ta’lim maskanlari bo’ylab yilida ikki marotaba bir hafta mobaynida “Yakuniyshunoslik” fani o’tiladi. “Ko’chirmashunoslik” fani ham bu fanning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ertasini o’ylaydigan chaqqon talabalar tomonidan bir hafta ilgari kutubxonalar talangan, toshbaqa talabalar (menga o’xshagan) esa kitobsiz qolgan keskin bir vaziyat yuzaga keladi.

Darvoqe, “Yakuniyshunoslik” fani haqida ikki og’iz: bu fan o’zida boshqa barcha fanlarni qamrab olgan bo’lib, maqsadi va vazifasi BITTA: 

TALABALARDA YOZUVCHILIKNI SHAKLLANTIRISH.
Shiori: YOZAMIZ, YOZAMIZ VA YANA-YANA YOZAMIZ.

O’zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida ham ushbu fan har yili muvaffaqiyatli yakunlanadi. “Yozxo-yoz” da bo’lajak, yosh jurnalistlar o’zlarining o’tkir va o’tmas qalamlarini namoyish etadilar. Umuman “notanish” savollarga yoki ba’zi puxta domlalar tomonidan tuzilgan “olib-qochish” ish bermaydigan konkret javob talab qiladigan savollarga yo’liqqanda ham talabalar dovdirab qolishmaydi, BALKI tizzalariga qo’ngan “najot farishtasi” dan ilhom olib yozadilar.


2 комментария:

  1. semesterning eng zo'r fani haqida so'z yuritibsiz, rahmat.
    Shu o'rinda o'z fikrimni aytsam...bu fanda hamma o'zi uchun harakat qiladi...
    oldinroq harakat qilishni masalhat beraman...

    ОтветитьУдалить
  2. Oldinroq harakat qilsangiz ko'chirtirasiz, kechroq harakat qilsangiz ko'chirasiz))

    Fanlarni otasi Falsafa deganlar bekorlarni yebdi ))

    ОтветитьУдалить