Odatda, men umr yo’li davomida ortiga deyarli nazar tashlamaydigan, yaxshimi yoki yomon – qanday bo’lmasin o’tgan kunlarini hatto eslamaydigan, faqat ertasini o’ylab bugunida yashaydigan insonlar toifasidanman. Ammo bugun, ayni damda bolaligimni xotirlab, bundan 10 yil burunga – 10-11 yoshlarimga qaytgim keldi.
Bolaligim Qarshi tumanining ikki qishlog’ida – “Dasht” (“Cho’li ota” ham deyishadi. Ona tomondan) va “Shilvi” (Shayx Shibliy nomiga qo’yilgan. Ota tomondan) da o’tgan. Ayniqsa, yozgi ta’tilga chiqdik deguncha, bo’zchining mokisidek u qishloqdan bunisiga, bunisidan Qarshi shahriga ko’chib yurardik tugun-tersaklarimiz bilan. Shu sabab dadam tomonidan “ko’chmanchilar” degan “orden”ga sazovor bo’lishga ham ulgurganmiz.
“Dasht” xotiralarimdan parcha:
May oylari momomlarning hovlisiga kiraverishda askarlardek saf tortgan tub-tub qo’riqchi tut daraxtlari ta’sirida havodan tut hidi anqirdi. Ming-minglarcha gavharlar yerni o’pib, shirasiga cho’miltirib yotar, yer ham yana yuzlab oshiqlariga bag’rini ochib, ko’ksini kerib turardi. Biz kelgan zahotimiz Himolayni zabt etgan alpinistlardek, tut daraxtlarini zabt etishga kirishib ketardik. “Ko’rmaganning ko’rgani qursin” maqoli bizning o’sha holatimizga juda-juda yarashardi. Rosti-da, shaharda, boz ustiga ko’p qavatli uyda – Xudoga yaqin joyda tursak, tut ko’ribmizmi?! :)))
Tut ziyoratidan so’nggina, momo-bobo ziyoratiga o’tardik.
Hovli keng-kushot bo’lib, so’l qismidan joy olgan issiqxona limon yetishtirib berishdan, biz esa limonlarni terib sotishdan charchamas edik. Bobomning qon bosimi yuqoriligi sabab, ko’p limon iste’mol qilardilar.
Bog’ning to’g’risida (issiqxonaning orqa qismida) ulkan qozon bo’lib, yoz oylari ichiga suv solsak, birpasda isirdi. O’sha qozon bizning basseynimiz edi. Shu bilan birga, bizga qo’yilgan tuzoq ham aynan o’sha qozon bo’lgan:
Bir safar singlim ikkimiz xolamning (darvoqe, bitta xolamiz bor) jahlini shunaqangi chiqarganmizki… Azbaroyi bog’ni 5-6 aylantirib quvganlar :))) Oxiri o’sha qozonning ichiga tushib ketib, qo’lga tushib qolganmiz. Rosa kaltak yegandik o’shanda :)))
Yoz oylari oxiri, kuz oylari uzumxo’rlikka kelardik. Hovlidagi ishkomlarda nozlanib turgan “husayni”, “kishmish” lardan bahramand bo’laman deb, arilar bizdan bahramand bo’lib, yuz-ko’zlarimiz haftalab shishib yurardi :))) Bu ham yetmagandek, tog’amlarning “Semiribsanmi, Gulposh?”, “Bo’g’irsoq qiz bo’lsang, qanday yarasharkan-a?!” qabilidagi kinoyali kulgulari ostiga qolib ketardim :)))
Erta bahorda esa hovlining tashidagi ikki tomorqani singlim ikkimiz bo’lib olib, “Kimning tomorqasida ko’p qoqigul o’sadi?” degan o’zimiz o’ylab topgan o’yinni o’ynardik. Qoqigullar ko’paygani sari, bahri dilimiz ochilardi. Bir safar bizga tegishli “zona”dagi qoqigullarni tergani uchun o’zimizdan ikkita keladigan sho’ring qurg’ur bir yo’lovchi qizni tutib olib, boplab do’pposlaganmiz :)))
O’sha eski, pastak, ammo fayzli, farishtali hovli beg’ubor bolaligimga guvoh edi. Keyinchalik hovlini butunlay buzib, o’rniga mahluqdek bahaybat imoratlar solishdi. Askarlardek tizilgan tut daraxtlaridan esa to’nkalar qoldi xolos. Endi bobom ham, momom ham yo’q. Bobom vafotidan ko’p o’tmay, issiqxona ham nobud bo’ldi. Undan to’rt nuragan devor-u, to’rtta temir-tersak hamda qaqrab yotgan yerdan bo’lak hech vaqo qolmagan ((((((:
BU FARAHBAXSH YILLARNI ESLASHNI O’Z-O’ZIMGA TAQIQLAGANMAN. ESLAB XUMORI TUTGANDA, AXIR, QAYDAN TOPAMAN?!
Shu xotiralarni yozishim barobarida, daftarga tomchilayotgan achchiq yomg’ir xuddi bolaligimni buzib tashlashganidek, satrlarni ham o’qib bo’lmas darajada yuvib ketyapti.
"Ammo bugun, ayni damda yaxshi insonlar safidaman shekilli bolaligimni xotirlab, bundan 10 yil burunga – 10-11 yoshlarimga qaytgim keldi."
ОтветитьУдалитьYomon insonlar safida bo`lmasangiz kerak shundog`am :-).
Yaxshi insonlar safiga qo`shilishga har birimiz umid qilamiz.
"Eslash" - bu so`z juda keng tushuncha. Kimdir xatolarini eslaydi, kimdir esa yoshligini :))
Albatta. Lekin ko'p hollarda ruhiy qiynoqlarga sabab bo'lganiligi uchun bu tushunchaning har qanday turidan imkon qadar qochib yashayman. Chunki o'tgan xatolarni eslab, tuzatib bo'lmasa, baxtli damlarni eslab, ularni ortga qaytarib bo'lmasa... Ikkisi ham befoyda. Faqat ulardan xulosa chiqarib yashash mumkin, eslab emas (mening nazdimda)
Удалитьto`g`ri. yaxshi fikr
УдалитьHA Bunday xotiralar har bir insonning qalbida bo'ladi, lekin hamma ham tashqi olam bilan baham ko'ravermaydi.
ОтветитьУдалитьYoshlik chog'izda o'sgan joylariz sizga bir umr aziz bo'lib qolgani meni xursand qildi.
Rahmat, Jamshid :))) Bugun bir esladimda odatdan tashqari :)))
УдалитьJuda zo‘r yozibsiz. Ruslar aytganidek, "на одном дыхании" o‘qib chiqdim. Rahmatli buvimning bugun betonga aylangan bog‘idagi anoru qovoqlari esimga tushib ketdi... Rahmat!
ОтветитьУдалитьYoqqanidan xursandman :)
УдалитьOchig'i, o'qib maza qildim. Bolalikning beg'ubor xotiralariga sizning bu kichik memuaringiz orqali sayr qildim va beixtiyor yuzimga tabassum indi. Barchaga tabassum ulashishdan charchamang.
ОтветитьУдалитьAvval o'qib kommentariya yozolmagandim((
ОтветитьУдалитьJuda ajoyib! Buni o'qigan har kimning bolaligi esga tushadi))