суббота, 16 марта 2013 г.

YO'QOTISH SHARTMI?!


Azizlar, sizga erkalik yo injiqlik qilayotgan insonni koyib, ko'ksidan itarishdan avval bir o'ylab ko'rganmisiz: Siz uning uchun eng yaqin inson ekansizki, erkalik-u injiqliklarini sizga ko'rsata olyapti. Qani aytingchi, kim begonaga, yoki yuragiga begona bo'lgan tanishiga injiqlik, erkalik qila oladi???

Hayotda shunday insonlar bo'ladiki, bir umr hech kimga ichki olamini, asl go'zallik, jozibasini namoyon etmaydi. Faqat sizga ochiladi bu "simsim". Atrofdagi minglab insonlar bir umr ko'ra olmaydigan olamni faqat sizgina ko'ra olasiz. Bu olamni ochishga, unda yashiringan xazinaga erishishga uringanlar orasida siz ustun keldingiz. Sizga nasib etdi bu baxt.

Nega endi baxtingizdan tonasiz?
Yo to'qlikka sho'xlikmi?
Nimanidir qiymatini bilish uchun uni, albatta, yo'qotishingiz shartmi...?!

29-yanvar, 2013

3 комментария:

  1. Odatda ayollarni ko`p gapiradi deyishadi.
    Masalan: onalar o`z farzandiga qayta-qayta telefon qilishi, umr yo`ldoshining tergovlari,.... har xil huda-behuda gaplar...

    Biror moshina sizga qarab signal chalsa demak u sizni o`ziga qarashingizni xohlaydi(masalan taksistlar va hokazo).

    Nimadir dardi bo`lsa odam ko`p gapirar ekan. Injiqlik ham shunga o`xshasa kerak mani nazarimda. Ammo normasida bo`lsa yaxshi albatta...

    ОтветитьУдалить
  2. Ha, ayollarning deyarli hammasi e'tibortalab bo'lishadi :))))

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Этот комментарий был удален администратором блога.

      Удалить