O'ylab qarasam, shavqatsizlik bobida Dantedan qolishmas
ekanman. Qanchadan qancha xiyonatkor do'stlarni, o'z hayotim uchun xavfli,
zararli deb bilgan odamlarni tirigidayoq o'ldirib yubordim. Dodlayotgan qalbim
ovozini o'chirib, xatto eng aziz insonimni ham ayab o'tirmadim. Qanchadan
qancha gunohkor-u begunoh, aybdor-u aybsiz insonlarni turli tamg'alar bilan
hayotimdan, hayollarimdan yulqib olib, qalbim qabristoniga tiriklayin ko'mib
yubordim.
Bu - mening muloyimlik ortiga berkingan SHAVQATSIZLIGIM.
Beozorlik to'nini kiyib olgan QOTILLIGIM.
18-yanvar, 2013
Inson qanchalik o'zini aldashga urinmasin, bu dunyoda o'zidan boshqa hech kimi yo'q(ota-onadan boshqa). Chunki inson o'zini o'zi kimligini o'zi biladi va o'zini faqat o'zi tushina oladi. Siz aytayotgan insonlar esa kunduzi insoniy munosabatlarda hamrohlar holos. Kechasi o'zingiz bilan faqat o'zingizsiz...
ОтветитьУдалитьno comment..
ОтветитьУдалитьЭтот комментарий был удален автором.
ОтветитьУдалить