понедельник, 18 марта 2013 г.

SABRNING TAGI SARIQ CHAQA


Sabr ham har xil bo’ladi: o’rinli va o’rinsiz. Uni ham har xil tushunadilar: ba’zilar sabr-toqatga ijobiy sifat deb qarasa, boshqa birovlar esa andishaning otini qo’rqoq qo’yganidek, sabr-bardoshli insonga “o’z qadr-qimmatini bilmas” degan tamg’ani bosadi, qo’yadi.

Oilani mustahkamlash, oila rishtalarini saqlab qolish yo’lidagi va shu kabi harakatlarga sabr bilan yondashish – bu ulug’ sifat, albatta. Ammo allanimalarga erishish yo’lida yoki kimningdir xurmacha qiliqlariga nisbatan tengsiz sabr ko’rsatish – bu insonni o’sha qadrlagan narsasi, qadrlagan kishisi oldida qadrsizlantiradi va ular nazdida aqldan ozgan qilib ko’rsatadi. Boringki, bardosh kuchi bilan intilganimizga erishdik deylik. Endi aql tarozining bir pallasiga erishgan orzumizni, narigi pallasiga esa birinchi palladagiga erishguncha chekkan istiroblarimiz, uzilgan millionlab asab tolalarimiz, ba’zan uyqusiz tunlarimiz, litrlab to’kilgan ko’z yoshlarimiz, yuzimizni “bezay” boshlagan mitti ajinlarimiz, siqilishdan orttirgan bosh og’rig’imiz, yo’qolgan kulgularimiz-u, sog’lig’imiz – barchasini qo’yaylik.
Endi mingta shunday ushalgan orzumizni qo’ygan taqdirimizda ham, qarshi pallani yengillata oladimi?!

Bir nimaga erishaman deb, ba’zan umrimiz davomida erishgan, mavjud noyob narsalardan ayrilib qolishimiz hech gap emas.

Xatto sabrning ham o’z VAQTI, O’RNI hamda ME’YORI bor. Bularga amal qilinmas ekan, SABRNING TAGI SARIQ CHAQA.

3 комментария:

  1. Adashasiz... Har qanday narsani ham sabr bilan yenggan ma'qul... Sabrni eng oliy ko'rinishini butun tanalariga yaralar toshib, vujudlarini kasallik egallagan payg'ambar misolidako'rishiz mumkin... Sabrni ko'pi faqat yaxshilik olib keladi... Yana bir narsa borki, inson fikrida doimo kamchilik bo'ladi, bilasmi naga? Chunki, paydo bo'lgan muammo ham inson tomonidan, unga beriladigan yechim ham inson tomonidan... Demakki, bir joydan chiqqan fikrlar ildizi-bittadir... Ya'ni, xar qanday sharoitda ham xolislik yetishmaydi, xuddi shuningdek sizning va mening fikrlarimda ham...

    ОтветитьУдалить
  2. Башқача қабул қиларкансиз САБРни. Оила, турмушга боғлаган экансиз, шунчаки фикримни билдирай. Турмушни сақлаш учун САБР қил дейилигани, умрининг охиригача ИТ билан яшаш дегани эмас. Шунчаки, халиги ИТнинг қилиқларидан сўнг, шошиб бир хулосага келма, САБР қил, вақт ўтсин ўзгариб қолар - деганидур. Ўтмаса агар, сабр ила бир нарсага ахд қилинса ҳато бўлмайди ўшанда.

    ОтветитьУдалить
  3. Bir nimaga (ayniqsa, hozirgi davr odamlariga) juda toqat qilaversangiz, ha, bunga nima qilsang ham, nima desang ham indamas ekan, degan fikr tug'iladi va haligi sabr qilaman deganni hatto turtib, o'rni kelsa, tepkilab ham o'tishadi. Shu nuqtai nazardan, har narsa me'yorida bo'lsa, u sizni foydangizga xizmat qiladi. Me'yor chegarasidan o'tsa, xatto asal ham zaharga aylanadi.Bu postni osmondan olib yozmadim, kuzatishlardan tug'ilgan xulosalar.

    Erkin Kurganov, lekin HOLISLIK haqidagi fikringizga qo'shilaman. Holis yozmada fikrlar xilma-xilligi keltiriladi va xulosa o'quvchini o'ziga qoldiriladi. Bu yerda esa bitta fikr (u ham o'zimni fikrim)keltirilgan hamda xulosa tugul hukm ham o'qilgan go'yoki :) Shu sababdan ssil'ka berishda "bu faqat mening fikrlarim" deb qo'shib yozmani himoya qilgan edim...

    ОтветитьУдалить