воскресенье, 12 мая 2013 г.

Samsung Galaxy S4 smartfoni: taqdimotdan shou-konsertgacha


Kuni kecha “Turkiston” san’at saroyining yozgi maydonida bo’lib o’tgan Samsung Galaxy S4 smartfonining O‘zbekistondagi ilk taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir soat 16:00 da boshlanib kech soat 23:00 gacha davom etdi.

“Muloqotchilar” va “Daryochilar” taqdimot oldidan

Taqdimotga kelganlar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi

Sahnadagi ekran orqali berilayotgan ma’lumotlardan tashqari, kirish joyida ham sinov maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, qiziquvchilar Samsung Galaxy S4 smartfonining funksiyalari bilan tanishib, ko‘zdan kechirib, bevosita ishlatib ko‘rdilar.
Bu sinov maydonchalarida Samsung Galaxy S4 smartfonida olingan kaminaning 
surati. Suratda 2 ta kadr mavjud: asosiy (orqa) kamerada olingan fonda men, meni
suratga olgan kursdoshim Jamshid esa old kamerada olingan kichik hajmli fonda.


Esdalikka suratga tushish uchun Samsung Galaxy belgilari tasvirlangan 
maxsus fonlar tashkil etilgan bo‘lib, barcha xizmatlar bepul :)


Kompaniya xodimlaridan bir nechtasi telefon borasida tomoshabinlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar:

Samsung Galaxy S4 smartfoni 8 ta protsessorga ega bo‘lib, bundan oldingi modelda ularning soni 4 ta edi;

Og‘irligi 130 gramm, qalinligi 8 millimetrdan kamroq bo‘lib, 2 gigabayt operativ xotiraga ega;

13 megapiksilli kameraga ega;

Har bir surat hajman o‘rtacha 3 megabayt va 4128 x 3096 piksel o‘lchamida;

Surat oluvchining ham suratda aks etishi: telefon ikkita kamerali bo‘lib, asosiy kamera orqa fonni, ya’ni surat obyektini, kichik hajmli old kamera esa surat olayotgan kishini “nishon”ga oladi;

Ushbu telefonda tushirilgan suratlar ustiga 9 soniyalik ovoz ham yozsa bo‘ladi;

4 soniyada uzluksiz 100 ta kadr olib, ulardan bitta jonli kadr tayyorlay olish imkoniyati;

Suratga tushayotganda oldingizda yoki orqa fonda siz bilan beixtiyor birga tushib qolgan shaxs yoki buyumni o‘chirib tashlash imkoniyati;

Tez harakatlanayotganda hamda kechki paytda ham sifatli surat olish imkoniyati;

Bir nechta suratlar olib, ichidan eng yaxshisini  (masalan, kulib turgan suratingizni) tanlab saqlaydi;

Yana bir ahamiyatli jihati – bu “Smart Pause”: ushbu telefonda video ko‘rayotib, diqqatingiz chalg‘ib, ko‘zingizni undan uzgan zahotingiz, video avtomatik tarzda to‘xtaydi. Qarashingiz bilan yana to‘xtagan joyidan davom etib ketaveradi. Bir so‘z bilan aytganda, ekran nigohni his etadi;

Tasavvur qiling, qo‘lingiz biror ish bilan band. Surat ko‘rishni xohlaysiz. Buning uchun telefonga barmog‘ingizni tekkizishingizning hojati yo‘q, chunki Samsung Galaxy S4 smartfoni qo‘lingizning muallaq harakatini his etadi va unga bo‘ysunadi;

Samsung Galaxy S4 smartfoni O‘zbekiston bozorlari yuzini ko‘rgan bo‘lib, narxi taxminan 1 900 000 – 2 300 000 so‘m oralig‘ida;

Batareya quvvatini kam “yeyishi” hamda kamerasidagi yangi imkoniyatlari bilan Samsung Galaxy S4 eng zo‘r telefondir.


“Galaxy Studio”da fotoramka

Samsung kompaniyasining Galaxy Note smartfon va planshetlarida surat chizish imkoniyati ham mavjud ekanligini ko‘pchilik bilsa kerak. Tashrif buyurganlarni qiziqtirish maqsadida taqdimotga jalb etilgan bir nechta rassomlar sinov maydonchalarida tomoshabinlar portretini chizish orqali bu funksiyani ham namoyish etdilar. Tayyor bo‘lgan suratlar fotoramkasi bilan birga kompaniya tomonidan o‘z egalariga sovg‘a qilindi.

Surat chizish jarayonini yirik ekranda ham ko‘rish mumkin

Samsung Galaxy Note planshetida chizilgan
kaminaning surati garchi o‘xshamagan bo‘lsa ham  :)


Taqdimotning badiiy qismi

Qariyb 7 soat davom etgan taqdimot marosimi shou-konsertiga ulanib ketdi: “A’lo” guruhining qo‘shiqlaridan so‘ng “Quvnoqlar va zukkolar”ning chiqishlari barchaga tabassum ulashgan bo‘lsa, Shahzoda, Tohir Sodiqov hamda maxsus mehmonlar – Potap va Nastyaning ijrolari kechaning cho‘qqisi bo‘ldi.

3 комментария: